9-aprel kuni soat 04.00 da boshlangan surunkali yomg‘ir oqibatida Buxoro shahridagi qator ko‘chalar, shuningdek, Buxoro tumani “Sheyxoncha” ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan tashqari, shaharning bir necha ko‘chasidagi 9 ta uy hovlisiga oqava suvlari kirish holatlari qayd etildi.
Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat ”Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.
Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmadi.
Izoh (0)