Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari 9-iyunda bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat boshlig‘i Qosim-Jo‘mart To‘qayev saylovlar adolatli va shaffof o‘tishiga va’da berdi. “Nur.kz” muxbirlari Olmaota bo‘ylab yurib, odamlardan prezidentlik lavozimida kimni ko‘rishlarini so‘radi.
Deyarli barcha respondentlar navbatdagi saylovlarda Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘alaba qozonishi yaqqol deb o‘ylagan.
“U ziyoli va ayni paytda eng ko‘zga ko‘ringan shaxs”, — deydi olmaotaliklar.
Lekin ko‘pchilik prezidentlik lavozimida birinchi prezident — Nursulton Nazarboyevni ko‘rishni xohlashini aytgan.
“Agar Elboshi qaytsa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, “Nursulton Nazarboyev — mana men kimni prezident bo‘lishini xohlayman”, “ bilan hech qanday muammo yuzaga kemagan”, — deydi olmaotaliklar.
Bundan tashqari, respondentlarning anchasi Qosim-Jo‘mart To‘qayev hozirgi lavozimida qolishini ma’qul deb aytgan.
Ularning fikricha, To‘qayev aynan hozir mamlakat boshqaruvi uchun kerakli bo‘lgan shaxs.
Respondentlar ichidan 3 nafar rahbar Senat raisi Dariga Nazarboyevaning nomzodini ko‘rsatgan.
Izoh (0)