Joriy yil 1-aprel kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat prokuraturasi va DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbir davomida Navoiy shahridagi 6-umumta’lim maktabi direktori fuqaro S.F dan uning turmush o‘rtog‘iga 4 soat dars qo‘shib berib, asosiy o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilish evaziga 1 million so‘m pul talab qilib, kelishilgan pullarning qolgan 600 ming so‘mini xizmat xonasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)