Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘y korteji haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Toshkent” telekanali dasturida xabar berildi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Amir Temur va Osiyo ko‘chalari chorrahasi kesishmasida jami to‘rtta Range Rover rusumli avtomashinalar guruh-guruh bo‘lib harakatlanib kelayotgan vaqtda yo‘l-patrul inspektori tomonidan to‘xtatilgan. Boisi, ular yo‘l harakati qoidasini buzgan hamda orqa tomondagi transport vositalari haydovchilariga noqulayliklar tug‘dirgan. Ushbu qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
“Ma’muriy javobgarlik kodeksining 129-moddasiga asosan har bir haydovchi eng kam ish haqining ikki barobaridan jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, ogohlantirish va profilaktik suhbat ham o‘tkazildi”, — deydi yo‘l-patrul xizmati xodimi.
Izoh (0)