• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahar hokimligi OAVda e’lon qilingan axborot xurujlariga munosabat bildirdi

    Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati so‘nggi paytlarda ayrim OAVlarda chop etilayotgan axborot xurujlariga munosabat bildirdi. Quyida hokimiyat munosabati e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Biznes asosan maqsadli kelishuvlardan iborat. Agar loyiha ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lsa, uni tasdiqlash va amalga oshirishda muammo yo‘q. Ammo bu masalada ko‘zbo‘yamachilikka o‘tgan tadbirkorlar bilan bitim tuzib bo‘lmaydi. Shaxsiy manfaatdan boshqa biror nafi bo‘lmagan ayyor ishbilarmonlar endi axborot hujumiga o‘tishmoqda.

    Mahalliy hokimiyat vakillarini biznes yuritishinga to‘sqinlik qilayotganligi haqidagi ayblov bilan chiqdingmi,- demak sen qahramonsan. Baxtinga hech qanday faktlari va isbotlari bo‘lmagan shov-shuvli material e’lon qilib, jamoatchilik e’tiborini tortishga o‘ylaydigan OAV ham ko‘p.

    Bugun biznesda omadi yurishmayotgan tadbirkor xuddi shunday da’vo bilan mahalliy hokimiyat idoralarining nomini qora qilmoqda. Uning Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri hamda tuman hokimligi mutasaddilari va boshqalarga nisbatan ayblovlari OAV e’lon qilib borilmoqda. Haqiqat esa shundaki, mas’ul hay’at uning qurilish me’yorlariga tamoman zid bo‘lgan ko‘p qavatli uylarini talabga javob bermagani uchun qabul qilmagan.

    Uylari sifat talablariga javob bera olmasligini bila turib ham quruvchi komissiya ularni e’tirozsiz qabul qiladi deb ishongani g‘alati. Balki u yer olish, uy qurish va topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda mutasaddilarga pora berib, ishimni bitirib ketaman deb o‘ylagandir. Endi esa tadbirkor amalga oshmagan xom xayollari girdobidan chiqib keta olmayapti. Sifatsiz uylarini qay yo‘l bilan bo‘lsa ham foydalanishga topshirish harakatini qilayapti. Tadbirkor tomonidan bugungacha foydalanishga topshirilgan uylarning me’moriy yechimi, qurilish me’yorlari va sifati qanchalik talabga javob berishi, ularda istiqomat qilayotgan aholining o‘z uylaridan qanchalik mamnunligiyu sifatsiz turar joylarni qurish va foydalanishga yo‘l qo‘ygan mas’ul kishilarning ishi masalasi hozirda Toshkent shahar hokimligining tegishli komissiya tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Xulosalar asosida aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka ham tortiladi.

    Tadbirkor hozirda OAVlarida turli da’voyu ayblovlar bilan chiqib, masalaning asl mohiyatidan e’tiborni chalg‘itmoqchi bo‘layotganligini qo‘rqoq oldi musht ko‘tarar deya izohlasak xato bo‘lmas. “Mutasaddi rahbarlarning og‘zaki buyrug‘i bilan men qurayotgan ko‘p qavatli uylar buzib tashlandi” – deya jar solayotgan Muhammadbobur Xo‘jayevdan boshqa biror kimsa u aytganidek, rahbarlarning topshirig‘idan xabardor emas.

    Tadbirkorning da’volari nechog‘li haqqoniy ekani va u tomonidan qurilgan uylarning holati qanday ekanligini xolis o‘rganish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlarini ham bu ishga jalb etdi. Ular Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli turar joylarda bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashishdi.

    Mustahkam poydevorsiz uy qurish mumkinmi degan savolning javobini nafaqat quruvchilar, balki oddiy aholi ham biladi. Shu ma’noda jurnalistlar uylar holatini o‘rganar ekanlar, nahotki Toshkentda shunday xaroba uylar ham bo‘lsa, deya hayratlandilar.

    Uylarda yong‘in xavfsizligi me’yorlariga umuman rioya etilmagan, yomg‘ir suvi ketadigan arig‘u quduqlar ham yo‘q. Uylarda devorning o‘rniga gipskartondan foydalanilganiga nima deysiz. Xullas, muammolarning keti uzilmaydi. Hatto bu uylarning polidan o‘tlar o‘sib chiqqan holatlar ham kuzatilgan.

    Devorning ham qulog‘i bor degan, naql bejiz keltirilmaydi. Matbuot xizmati xodimlarining uylar holatini o‘rganayotganligidan xabar topgan quruvchi Ravshan Zokirov darhol o‘zining superuylariga yetib kelib, muloqotga aralashdiyu odamlarni deyarli gapirtirmay qo‘ydi. Jurnalistlar odamlar fikrini o‘rganayotgani uni nihoyatda tashvishga soldi. Agar quruvchi o‘z uylarining sifati va bugungi kundagi holatidan ko‘ngli to‘q bo‘lganida xavotirga o‘rin yo‘q edi. Demak, noroziliklar ko‘p va ular jamoatchilikka e’lon qilinmasligidan Ravshan Zokirov manfaatdor.

    Negaki, u ushbu uylarga mas’ul shaxs hisoblanadi, va turar joyda yuzaga kelayotgan muammolar ham uning ishtiroki bilan xal bo‘ladi. Uning bevosta rahbari bo‘lgan Muhammadbobur Xo‘jayev o‘ziga nisbatan katta ishonch bilan hokimlik vakillarini ayblayotgan bir paytda nega unda o‘z uylarining sifatli ekaniga ishonch yo‘q.

    Axir kun qahramoniga aylangan Muhammadbobur Xo‘jayev 4-aprel kuni ham bir nechta OAVlarda o‘zini ko‘rsatdi. “S-1”da “Toshkentlik tadbirkor OAVlaridagi (namoyishkorona)chiqishlaridan so‘ng axborotdan xujumiga tayyorlanmoqda” sarlavhali hikoya e’lon qilindi va unda go‘yoki hokimiyat qiynayotgan tadbirkorning “qalb hayqiriqlari” bayon etildi.

    O‘zini haqiqat va adolat tarafdori deya bong urayotgan tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tadbirkorga qarshi fakt va dalillar to‘plab, sud qarori asosida u qurgan uylarni buzishga haqarat qilayotganligini ma’lum qilgan.

    Shuningdek, tadbirkor yangi chiqishida u tomonidan 2017 va 2018 yillarda qurilgan uylarda jurnalistlar ishtirokida aholi fikri o‘rganilib, tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tgani haqida ham to‘xtalgan. Va bu ijodiy guruhni noxoislik hamda yolg‘onchilikda ayblagan.

    Endi esa noxolis ijodkorlarga to‘xtalsak. Maqolani o‘qiyotgan kishi matbuot xizmati vakillari bilan quruvchi Ravshan Zokirov muloqot qilganidan xabardor. Bu ijodkorlar qo‘lidagi tasvirlarga ham muhrlangan. Ammo Muhammadbobur Xo‘jayev masalaga faqat u xohlaganidek yondoshuv to‘g‘ri deb hisoblamoqda. Xususan, u voqea joyida shaxsan o‘zi bo‘lgani va ijodiy guruhdan nega tasvirga olish ishlarini amalga oshirayotganliklarini so‘raganligini, ular esa tadbirkor uylarni noto‘g‘ri qurayotgani haqida material tayyorlashayotganligini aytishganligini bayon qilgan. Ha, odamlar qanday qilib “hokimiyat qiynayotgan tadbirkor”ga ishonishmasin. Axir ularda asl voqelikning tasviri yo‘q va ularning har biri bu masalaning mohiyatini chuqur o‘rganmaydiku. Shu bois ham u atrofdagilarning nazarida aybdor va yolg‘onchi emas, balki jabrdiydadir.

    Uning ayblovlari shunchalik asossiz ekanidan tadbirkorda vijdon bormi deb o‘ylab qolasiz. Go‘yoki, ijodiy guruh u qurdirgan uylarga hokmiyat va mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullaridan iborat kishilardan odam yollab oborib, tuhmat fikrlarni yozib olgan. Lekin videokamera qayd etilgan uylar, xonadonlar raqamlari, yashovchilarning ismi sharifi va fikrlarini ko‘rib, tinglagan odam, o‘zi ham shaxsan Muhammadbobur Xo‘jayev qurgan uylarga borib kim haqu kim nohaq ekanligiga aniqlik kiritishi mumkin.

    Tadbirkor quruvchisi Ravshan Zokirov haqida biror so‘z aytmay, nega o‘zi shaxsan ijodiy guruh bilan muloqot qilganini bildirayotgani shubhali emas. Adolat va haqiqat uchun kurashayotgan tadbirkor sifatsiz uylarni odamlarga yashash uchun qo‘rqmagani, hayiqmaganidek, yolg‘oni fosh bo‘lishiga ham e’tiborsiz.

    Tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev boshlagan axborot xujumi odamlarni sifatsiz uylarning qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalaning asl mohiyatidan chalg‘itishi mumkin. Chalg‘itadi, ammo muammoni xal etmaydi. Negaki, bunday uylarda yashayotgan odamlar o‘z muammosini yashirib o‘tirishmaydi. Demak, xujumni hokimiyatga emas, noto‘g‘ri qilingan va qilinayotgan ishlarga qarshi yo‘naltirish to‘g‘ri bo‘lardi. Negaki, oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, xato va kamchiliklar qanchalik berkitilmasin, yolg‘onu bo‘htonlar nechog‘li avj olmasin, haqiqat qaror topadi.

    Qurilishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xatolarni bino bitganidan so‘ng to‘g‘irlab bo‘lmaydi. Bundan jabr ko‘rayotgan odamlarni ham ovutish mushkul. Ular xususiy mulk egasi sifatida sotib olgan uylarining kam-ko‘sti bartaraf bo‘lishini talab qilaverishadi. Bu masalada sudga murojaat qilishlarini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu yerda esa axborot xujumlari, o‘yinlari yordam bera olmaydi. Hokimni songina aybdor qilishda qo‘llanilgan siyosat bu yerda o‘tmaydi.

    05.04.2019, 12:44   Izoh (0)   12441
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Harbiy xizmatchilar oqqon kasalligiga chalingan bolalarga donorlik qildi

    05.04.2019, 12:37

    YPX xodimlari haqida soxta ma’lumot tarqatgan qashqadaryolik ikki fuqaro 7 sutkadan qamaldi

    05.04.2019, 12:32

    Samarqandning Urgut tumanida yog‘gan do‘l mashinalar va uylarga zarar yetkazdi (video)

    05.04.2019, 12:22

    Samarqandda yo‘l posbonlari paydo bo‘ldi (foto)

    05.04.2019, 11:53

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori: “Afrosiyob” poyezdi oynasini sindirgan shaxs 2 ming dollar zarar yetkazadi

    05.04.2019, 11:46

    Shayxontohur tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etildi

    05.04.2019, 11:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nosoz lift amerikalik erkakka lotereyadan 300 ming dollar yutib olishga yordam berdi

    Layfstayl | 3 iyul, 21:40

    Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada har 5 soniyada bir bola ko‘chiriladi, jarohatlanadi yoki halok bo‘ladi — UNICEF

    Dunyo | 3 iyul, 21:30

    “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 21:22

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 3 iyul, 21:11

    “Ular azaliy vatandoshlarimiz”: Xatirchi hokimi yahudiylarni kutib olgani aks etgan videoga izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyul, 21:00

    Bankrotlikdan keyingi hayot: 59 yoshli bokschi Mayk Tayson bugungi kunda nimalar bilan shug‘ullanmoqda?

    Shou-biznes | 3 iyul, 20:50

    Yugrani o‘zbeklarning tarixiy vatani deb atagan deputat oylik maoshdan mahrum qilindi

    Dunyo | 3 iyul, 20:40

    Surxondaryoda 71 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.