Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan o‘tkazilgan “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” targ‘ibot tadbirida “Afrosiyob” tezyurar poyezdini bir dona oynasi 2 ming dollarga teng ekani aytildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
“Ba’zan poyezd oynalariga fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmagan yoshlar tomonidan tosh otish holatlari uchrab turibdi. Ispaniyadan keltirilgan ‘Afrosiyob’ tezyurar poyezdining bir dona oynasi 2 ming dollariga teng. Afsuski, bunday turdagi oyna o‘zimizda ishlab chiqarilmaydi. Eng yomoni, oyna sinishi natijasida yo‘lovchilarga tan jarohati yetishi mumkin. Bu haqda maktab, kollej o‘quvchilariga kengroq tushuntirish bermoqdamiz”, — deydi huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori, kapitan Alisher Isoqov.
Kapitan Alisher Isoqovning qo‘shimcha qilishicha, temiryo‘llar atrofida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralarining ish faoliyati uzluksiz ravishda ishlashi nazorat ostiga olingan. Temir yo‘l bilan bog‘liq holatlar markazlashgan tartibda kuzatib turiladi.
Izoh (0)