Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi universitetlarni xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha QS xalqaro reyting agentligi bilan bitim imzolagan, deya xabar berdi O‘zbekiston milliy universiteti matbuot xizmati.
Kelishuv doirasida Intelligence Unit QS xalqaro reyting agentligi ma’lumotlaridan foydalangan holda OTMlarga xalqaro reytingga kirish metodologiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.
Xalqaro reytinglarga kirgan universitetlarning ilmiy salohiyati Scopus ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar analitik bazasidan foydalangan holda dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan baholanadi.
Aynan mana shu platformani yaratish maqsadida “Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish doirasida “Elsevier” kompaniyasi bilan kelishuv imzolangan.
Mazkur kompaniya universitet olimlari o‘rtasida seminar-trening tashkil etdi. Treningda kompaniyaning mintaqaviy rahbari Aliya Aspanova taqdimot qildi.
Bugungi kunga kelib Scopus bazasida milliy universitet olimlarining chop etilgan materiallari soni 1825 taga yetdi. Universitet Ilmiy Kengash qarori bilan Scopus’da materiali e’lon qilingan har bir olimga bir milliondan uch milliongacha moddiy rahbatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘zbekistonlik olimlarni yanada faol bo‘lishga, o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlariga bo‘lgan xohishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Izoh (0)