2-aprel kuni Shayhontohur tumanidagi Shayx Zayniddin Jome’ masjidida ko‘zi ojizlar o‘rtasida Asmo ul-husna musobaqalari o‘tkazildi, deb xabar berdi “Azon.uz” .
Tadbirda Asmo ul-husna va nashidlar aytildi.
Musobaqada erkaklar o‘rtasida Davronbek ismli yigit, ayollar o‘rtasida esa Dilafro‘z ismli qiz g‘olib bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi kotibiyat mudiri Muhammad Ayub Kosoniy domla, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan ishtirok etishdi. G‘oliblarga Vaqf fondi va “Hilol Nashr” nashriyoti tomonidan Qur’oni Karim va boshqa audiokitoblar sovg‘a qilindi.
Izoh (0)