Toshkentning “Chilonzor buyum savdo”, “Do‘stlik savdo majmuasi” (Ipppodrom) bozorlari va “Toshkent savdo markazi”da (GUM) tajriba tariqasida shoshilinch chaqiruv komplekslari o‘rnatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompleks tepasiga videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan ustun, mikrofon va uning ostida joylashgan yaqin oradagi ichki ishlar navbatchisi bilan ulanish uchun chaqiruv tugmasidan iborat.
Tugma va mikrofon o‘rtasiga operatorga suhbatdoshini ko‘rish imkonini beruvchi mini videokamera o‘rnatilgan.
Tajriba yakunlari o‘rganib chiqilganidan so‘ng bunday komplekslar shaharning boshqa jamoat joylarida ham o‘rnatiladi.
Izoh (0)