2-aprel kuni Toshkentda Oracle Technology Day 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Oracle tashkilotchilari xabar berdi.
Unda mamlakatning yetakchi AT-kompaniyalarining 100 dan ortiq rahbarlari ishtirok etdi. Konferensiya doirasida bulutli texnologiyalar, sun’iy aql va axborot xavfsizligi sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar va dolzarb tendensiyalar namoyish etildi.
O‘zbekistonda ushbu konferensiya ikkinchi marta o‘tkazilmoqda.
“Bizning ilg‘or mahsulot va texnologik yechimlarimizning ko‘pchiligi O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Biz davlat va tijorat sohasida erishilayotgan yutuqlar va istiqbollarni ko‘ryapmiz”, — deb qayd etgan Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH hamda Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish Oracle departamenti direktori Nataliya Korxonen.
Ta’kidlash joizki, dunyo AT-giganti O‘zbekistonda Oracle Academy dasturini kengaytirishda davom etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlarida qariyb ikki mingta o‘quvchilar ishtirok etgan bo‘lib, yettita o‘quv xonalari tashkil etilib, jihozlangan.
Izoh (0)