Joriy yil fevralida jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgandi.
O‘zbekistonning ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi Prezident qarori bilan mablag‘lar mamlakat va xalq farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagilarga yo‘naltiriladi:
889,2 million dollar auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi;
20 million dollar “Agrobank” ATBga qarz sifatida beriladi;
89,9 million dollar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.
Izoh (0)