AQShda Shimoliy Dakota shtatining Boumen shahri yaqinida asteroid yerga tushganidan keyin nobud bo‘lgan bir guruh hayvonlar to‘planib qolgan, deya yozadi Kaliforniya universiteti o‘z portalida.
Xabarda aytilishicha, ular taxminan 66 million yil oldin nobud bo‘lgan.
Topilgan qoldiqlar orasida baliq, ammonit, sutemizuvchilar, suvda yashovchi dinozavrlar, yer triseratopsi va boshqa jonzotlarning qoldiqlari bor.
Ularning barchasi Yukatan yarim orolining yaqiniga asteroid tushganidan bir soatdan kamroq vaqt o‘tgach, zarbli portlovchi jins shakllanishi natijasida hosil bo‘lgan issiq tektit yomg‘irlar va seysmik dengiz to‘lqinlari tufayli nobud bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)