• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda o‘qituvchi ayolini shafqatsizlarcha o‘ldirgan fermer 17 yilga qamaldi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida o‘tgan ochiq sud majlisida umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirgan paxtaobodlik fermer I.T.ga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshox Rasulov xabar qilmoqda.

    Kadr: “Zamon”

    Kadr: “Zamon”

    Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Ilhomjon Sotvoldiyevning ma’lum qilishicha, fevral–mart oylari davomida Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”, “z” bandlari (o‘ta shafqatsizlik bilan; nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblangan 1974-yilda tug‘ilgan, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega “Karomatoy ipakchi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i I.T.ga ochilgan jinoyat ishi sudlanuvchi, jabrlanuvchining vakillari va guvohlar ishtirokida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

    Sud ishida I.T. 2018-yilning 5-noyabr kuni soat 20:00 larda yashash xonadoniga kelib, kechki ovqat vaqtida uyida saqlayotgan 0,5 litr hajmdagi aroqni iste’mol qilib mast bo‘lgan vaqtida turmush o‘rtog‘i M.T. bilan janjallashgani aniqlangan. Janjalga M.T. erining dehqonchilik qilib yetishtirilgan sholi ekinini o‘z vaqtida kombayndan chiqarmayotganidan norozi bo‘lgani va uni alkash deb haqoratlagani sabab bo‘lgan. I.T. jahl ustida ayolining boshi va tanasining turli sohalariga qo‘l-oyoqlari, shisha idish hamda temir jism bo‘lagi bilan shafqatsizlarcha urib, tanasining turli qismlariga 72 ta jarohat yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Oilaning ikki farzandi yetim qolgan.

    — O‘sha kuni ertalab “Olloyor-Muhayyo” fermer xo‘jaligidan ijaraga olgan 20 sotix yerda yetishtirilgan sholini kombayndan chiqarish maqsadida texnika qidirib chiqib ketdim, — deydi sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lib. – Kechga qadar shu masala bilan shug‘ullandim. Lekin natija bo‘lmadi. Kech kirgach uyga qaytdim. Turmush o‘rtog‘im bir o‘zi ekan. Charchaganim va siqilganim uchun tokchadagi aroqni qovurma shakarob bilan ichdim. Bundan norozi bo‘lgan xotinim “ichmang alkash”, “sholini chiqara olmabsiz” deb yana turli so‘zlarni aytib, nolidi. Unga ko‘p gapirmasligini, qornim ochganligini bildirdim. Bir yarim soat ichida aroqning hammasini ichib bo‘ldim. Turli javrashlardan jahlim chiqib musht bilan ayolimni boshiga bir marta urdim. Uning boshi pechkaning qirrasiga tegib qon chiqib ketdi. Qarshilik ko‘rsata boshlagach o‘zimni idora qila olmadim. O‘zimga kelganimda uning ovozi chiqmay qolgandi. Yoniga borib qaraganimda, qotib muzlab qolgan ekan. Qilmishimdan pushaymonman.

    Dastlabki tergovda to‘plangan va sudda tekshirilgan dalillar bilan isbotlangan holatlarga ko‘ra, I.T. M.T.ni o‘ldirayotgan vaqtda unga azob berayotganini bilib va shuni xohlab, unga ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

    Sud hukmi bilan I.T. Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismining “j” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Shuningdek, sudga oid narkologiya ekspertizasining xulosasiga asosan mahkumga jazoni o‘tash davrida alkogolizmdan davolanishning tibbiy yo‘sindagi choralarni qo‘llash lozim deb hisobladi.

    03.04.2019, 16:21   Izoh (0)   143309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumani sobiq hokimining ishi sudda ko‘rilmoqda

    03.04.2019, 16:10

    Soliq qo‘mitasi: “Yandeks.Taksi” O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, faoliyati uchun soliq to‘lashi kerak

    03.04.2019, 15:20

    Toshkentda oshxonasidan jasadi topilgan ayolning qotili ushlandi

    03.04.2019, 15:14

    Bir farzandidan ayrilgan ayol ikkinchisining hayotini saqlab qolishga intilmoqda. Uni qo‘llab-quvvatlaylik!

    03.04.2019, 15:03

    Buxoroda Ichki ishlar vaziri sayyor qabullari davom etmoqda

    03.04.2019, 14:53

    Shayx Zayniddin Jome’ masjidida ko‘zi ojizlar o‘rtasida Asmo ul-husna musobaqalari o‘tkazildi (foto)

    03.04.2019, 14:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.