Arxeologlar Pompeyda zamonaviy fast fudga o‘xshash, tez tayyorlanadigan taomlar savdosi bilan shug‘ullangan yemakxonani topdi. U Qadimgi Rim imperiyasi davriga tegishli. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Regio V ko‘chalari kesishgan joyida, arxeologik qazish paytida termopoliya deb nomlangan fastfud tamaddixonasi topildi. Binoning devorlarida rastani bezab turgan rang-barang freskalar saqlanib qolgan. Bino taxminan 2000 yil kul ostida qolgan.
Freskalarda Nereidaning dengiz otini egarlashi hamda yemakxona hayotidan bir lavha ham tasvirlangan. Arxeologlar uni zamonaviy barning belgisiga o‘xshatdi. Shunisi e’tiborga joizki, freskalardagi tasvirlarga o‘xshagan amforalar topilgan.
Mutaxassislarning fikricha, bunday muassasalarda mijozlar issiq ovqat bilan ta’minlangan. Pompeyda 80 ga yaqin shunday turdagi joylar topildi.
Izoh (0)