Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida 1-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda “Minbar” xabar bermoqda.
Nashr manbasiga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.
Shu kunlarda Surxondaryoda 5—10-aprelda bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Bahodir Po‘latov ushbu tashkiliy ishlar va boshqa rasmiy tadbirlar, yig‘ilishlarda qatnashmayotgani bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov 2018-yil iyulida Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi.
Izoh (0)