Fransiya janubidagi Lerm shahrida joylashgan “La Shenre” qariyalar uyida besh kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “TASS”.
Insonlar o‘limiga asosiy sabab oziq-ovqatdan zaharlanish deb taxmin qilinmoqda, ammo hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
22 nafar jabrlanganlarning 15 nafari shifoxonada bo‘lib, ularning ahvoli o‘rta darajada. Keksalarning ahvoli kechki ovqatdan so‘ng keskin yomonlashgan. Hodisa joyiga darhol shifokorlar chaqirtirilgan.
Bu qariyalar uyi juda boy odamlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda barcha oziq-ovqatlar joyida pishiriladi. Muassasa 90 kishiga mo‘ljallangan.
Hodisa mahalliy prokuratura tomonidan tekshirilmoqda. Qariyalar uyining oshxonasi muhrlangan. Mutaxassislar u yerda tayyorlanadigan taomlarni tahlil qilishni boshlagan.
2006-yilda ochilgan “La Shenre” qariyalar uyida 87 ta xona mavjud bo‘lib. Unda Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun bo‘lim mavjud.
Izoh (0)