31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni vodiy derbisiga mezbonlik qildi. Unda “Qo‘qon-1912” klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.
O‘yinda jamoalar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi.
Bellashuvning 6-daqiqasida qarshiliklar a’zosi Dilshod Saitov hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqaga kelib Nikola Milinkovich hisobni tenglashtirdi (1:1). 53-daqiqada esa Boburbek Davlatov Milan Mitrovich qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi (2:1). 79-daqiqada esa Islom Kenjaboyev super gol muallifiga aylandi va hisobni yiriklashtirdi (3:1).
Shu tariqa “Nasaf” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va mavsumdagi ilk 3 ochkosiga ega bo‘ldi.
2-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat
Superliga
2-tur bahsi
31-mart, yakshanba
“Qo‘qon-1912”—“Andijon” 0:0
“Nasaf”—“So‘g‘diyona” 3:1
Gollar: 1:0 — 6 Dilshod Saitov, 1:1 — 33 Nikola Milinkovich, 2:1 — 53 Boburbek Davlatov, 3:1 — 79 Islom KenjaboyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)