Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Estoniya mudofaa kuchlari faxriylari, Estoniya va NATO harbiylari, shuningdek, tuzilma kuchlari vakillari bilan birga 30 kilometrlik yurish o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bu yo‘l bilan u Estoniya ittifoqqa a’zo bo‘lganining 15 yilligini nishonlashga qaror qilgan.
https://www.facebook.com/KerstiKaljulaid/photos/a.2287363908203062/2287363958203057/?type=3&theater
“Bahorda Markaziy poligonda 15 kilogramm yuk bilan 30 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tish oson bo‘lmadi, lekin birinchi marta ishtirok etish uchun 4 soat (to‘rt soat 19 daqiqa) vaqt juda yaxshi natija”, — deya yozadi Kersti Kalyulayd o‘zining Facebook sahifasida.
“Skaut marsh yurish” aksiyasida jami 1,3 ming kishi ishtirok etgan. Har bir harbiy xizmatchi va kuch tuzilmalarining vakili xizmat quroli va 10 kilogramm og‘irlikdagi ryukzak ko‘tarib olgan edi. Qurol ko‘tarmaganlarga esa 15 kilogramlik ryukzak berilgan.
Boltiqbo‘yi Respublikasi prezidenti uchun katta sport yuklari muammo emas. 2018-yil fevral oyida u Tamsalu-Neerut chang‘i marafonida qatnashgan. U ikki soat va 13,5 daqiqada 30 kilometr masofani bosib o‘tgan va finishga 223-bo‘lib kelgan. Noyabrda esa u dunyoning eng yirik Nyu-York marafonlaridan birida ishtirok etgan. Prezident to‘rt soat ikki daqiqa va 40 soniyada 42,2 kilometrni bosib o‘tgan.
Izoh (0)