O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vazir o‘rinbosarlari tomonidan 2019-yilning 1-aprel kuni qaysi hududlarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Quyidagi hududlarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkaziladi:
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi Akademik litseyi binosida (Samarqand shahar, Samarqand, Pastdarg‘om, Payariq, Oqdaryo, Jomboy, Bulung‘ur, Tayloq va Urgut tumanlari aholisi ishtirokida) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Jo‘rayev Muhiddin O‘tkirovich tomonidan soat 10.00 dan 18.00 ga qadar;
Xorazm viloyatining Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali binosida (Urganch va Xiva shaharlari, Urganch, Xiva, Xazorasp, Pitkan, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq, Shovot, Gurlan, Yangibozor tumanlari aholisi ishtirokida) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Xatamov Rustam Abduganiyevich tomonidan soat 10.00 dan 13.00 ga qadar.
Izoh (0)