Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, 2019-yil 27—29-iyun kunlari Samarqand shahrida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida xalqaro forum o‘tkaziladi.
Tashkiliy qo‘mitaga:
Forumga tashrif buyuradigan vatandoshlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, turli xalqaro ilmiy loyihalar, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;
Ular orasidan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan, investitsiya kiritishi bilan bog‘liq istak va talablarini chuqur o‘rganish hamda zarur sharoitlar yaratib berish vazifalari yuklatilgan.
Izoh (0)