2019-yilning 1-aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi Yevroittifoq delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazish, Termiz shahri va Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ishbilarmon doiralar va ekspertlar jamoatchiligi bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Izoh (0)