30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi dorasida navbatdagi ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning ilk o‘yinida Surxondaryoning “Surxon” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, 1-turda “Surxon” klubi “Metallurg” bilan, “Dinamo” esa “Nasaf” klubi bilan 1:1 hisobida o‘ynagandi.
Amaldagi chempion Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubi bilan bahsga kirishadi. O‘yinga Toshkent vaqti bilan 19:00 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” musobaqaning birinchi turida Toshkent derbisida “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgandi (1:3). “Navbahor” esa vodiy derbisida “Qo‘qon—1912” klubi bilan durangga imzo chekkandi (1:1).
Superliga
2-tur bahslari
29-mart, juma
“Surxon”—“Dinamo” 16:15
“Lokomotiv”—“Navbahor” 19:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)