Olti yoshli bolakay tasodifan uyning derazasidan tushib ketgan uch yoshli bolani qutqardi, deya xabar beradi “Sputnik”.
Voqea Polshaning Chexovitsa-Dzedzitse shahrida sodir bo‘lgan.
Hovlida do‘stlari bilan o‘ynab yurgan bola deraza tokchasida turgan bolani ko‘rib qolgan. Bir lahzadan so‘ng bola pastga tushib ketgan, ammo bola uni ushlab olgan. Bolalardan hech biri zarar ko‘rmagan.
Yosh qahramon bolani o‘z uyiga olib kirgan, ota-onasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot organlari hodisa sodir bo‘lgan vaqtda tushib ketgan bolaning onasi mast holda uyda ekanligi va uxlab yotganligini aniqlagan.
Bolaning onasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, unga besh yilgacha qamoq jazosi xavf solmomqda.
Izoh (0)