BMTning Suriyadagi doimiy vakili Bashar Ja’fariy Amerika Qo‘shma Shtatlariga Shimoliy yoki Janubiy Karolina shtatini Isroilga berishni taklif qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari yetarli yerlarga ega. Shunday ekan Isroilga ikkita shtatni sovg‘a qilib yuboring”, — deydi Jafariy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Isroilni yangi hududlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsa shunday yo‘l tutishi kerak.
Avvalroq, Suriya BMT Xavfsizlik kengashining Golan tepaligi bo‘yicha yig‘ilishini so‘raganligi ma’lum bo‘lgan.
25-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Golan ustidan Isroilning suverenitetini tan olgan bayonotga imzo chekkan.
Izoh (0)