Rossiyada uchuvchi-kosmonavt, ikki kara Sovet Ittifoqi qahramoni Valeriy Bikovskiy 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kosmonavtlarni tayyorlash markazi ma’lum qildi.
Bikovskiy sovet kosmonavtlarining birinchi otryadi tarkibiga kirgandi. U 3 marotaba — 1963, 1976 va 1978-yillarda koinotga uchgandi. Parvozlarining umumiy davomiyligi 20 sutkadan ko‘proqni tashkil etadi.
Bikovskiy Oyga parvoz uchun tayyorlangan kosmonavtlar guruhiga boshchilik qilgan, biroq ushbu dastur AQSh astronavtlarining 1969-yil iyulida “Appolon-11” kemasida amalga oshirgan muvaffaqiyatli missiyasidan so‘ng bekor qilingandi.
Izoh (0)