27-mart kuni sud Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menemni uch yil-u to‘qqiz oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
U Buenos-Ayresdagi eng yirik ko‘rgazmalar majmuasi — Rural’ning xususiylashtirilishi davomida yo‘l qo‘ygan qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan. 1991-yili Rural majmuasi o‘zining haqiqiy narxidan salkam to‘rt baravar arzon — 30 million dollarga sotilgan.
88 yoshli Menemga davlat lavozimlaridan umrbod chetlatilgan. Shu bilan birga, sobiq iqtisodiyot vaziri Domingo Kavalyo ham uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etilgan.
2013-yilning yozida Menam 90-yillarda Xorvatiya va Ekvadorga qurol kontrabandasi bilan bog‘liq ishi uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq, o‘sha paytda senator bo‘lganligi uchun jazoni o‘tash 2018-yilda bekor qilingan. Argentina federal sudi Menemdan bu ayblovni olib tashlagan. Sobiq prezidentning o‘zi esa qurol-yarog‘larning noqonuniy olib kirilishiga aloqador emasligini ta’kidlagan.
Karlos Menem Argentinada 1989—1999-yillarda prezidentlik qilgan.
Mavzuga doir: Argentinaning sobiq prezidenti 10 yilga qamalishi mumkin
Izoh (0)