Venesuela muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo prezident Nikolas Maduro hokimiyatini bekor qilishga olib kelishi lozim bo‘lgan “Ozodlik” operatsiyasi 6-aprelda boshlanishini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondet.net”.
Bu haqda Guaydo 27-mart kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“6-aprel kuni butun mamlakat bo‘ylab ‘Ozodlik’ operatsiyasining birinchi taktik harakatlari amalga oshiriladi. Shu kuni biz tayyorgarlik ko‘rgan va tashkillashtirgan bo‘lishimiz lozim”, — deb yozgan u.
U fuqarolarga bunday harakatlarni amalga oshirish maqsadida “Ozodlik yordam qo‘mitalari” tashkil etishga chaqirgan.
Izoh (0)