Avstraliyalik ketma-ket ikki marta lotereyada katta miqdorda pul yutib oldi, deya yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, u Melburn shahrining ikkita har xil joyidan 3 ta chipta sotib olgan, ulardan ikkitasi omadli bo‘lib, unga 16 million dollardan olib kelgan.
“Biz g‘olib bilan bog‘langanimizda, u bir marta emas, balki ikki marotaba yutganligini unutib qo‘yganini aytdi”, — dedi lotereya vakili.
G‘olibning o‘zi qariyb 30 yildan beri doimo bir xil raqamlarni o‘ynashini aytgan. Lotereya biletlarini sotib olish uchun u 20 ming dollardan ziyod mablag‘ sarflagan. Hozirgi paytda esa avstraliyalik pulni qanday sarflashni o‘ylab ko‘rmoqda.
“Balki ishdan bo‘shash haqida o‘ylab ko‘rarman. Keyin, yangi uy yoki dam olishlar bo‘lishi mumkin. Men uni oilam bilan bo‘lishaman”, -— deb ta’kidladi g‘olib.
Izoh (0)