Bangladesh fuqarolaridan biri birinchi o‘g‘li tug‘ilganidan 26 kun o‘tgach, egizak farzand dunyoga keltirgan, deya xabar beradi Agence France-Presse.
20 yoshli ayol Arifa Sultananing birinchi farzandi fevral oyining oxirida tug‘ilgan. Shifokorlar, noyob anomaliya sababli, ayolning yana ikki homila o‘sayotgan ikkinchi bachadoni borligini sezmagan.
Bir oydan so‘ng, 22-mart juma kuni Arifa Sultana kasalxonaga olib borilgan va favqulodda kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan, ikki chaqaloq — bir o‘g‘il va qiz dunyoga kelgan.
26-mart kuni Arifa Sultana kasalxonadan uyga uch farzand bilan chiqqan.
“Endi u erining maoshi bilan bolalarni qanday oziqlantirishni uddalashidan tashvishlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)