“Shapekoense” klubi a’zolari bilan ro‘y bergan aviahalokatda omon qolgan braziliyalik jurnalist Rafael Genzel futbol uchrashuvi vaqtida 45 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.
GloboEsporte’ning xabar berishicha, Braziliya janubidagi Shapenkoda bo‘lib o‘tgan futbol o‘yini vaqtida Genzel hushini yo‘qotdi va tezda shifoxonaga yotqizildi. Shunga qaramay shifokorlar uni hayotga qaytara olmadi.
Genzel 2016-yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan fojiada omon qolgan 6 nafar yo‘lovchidan biri bo‘lgan. Fojia oqibatida 71 nafar odam hayotdan ko‘z yumgandi.
“Shapekoense” klubi Rafael Genzelning hurmati yuzasidan yaqinlashib kelayotgan uchrashuv vaqtini boshqa kunga ko‘chirilishini so‘radi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)