Samarqand shahrining bir qancha hududlarida va Samarqand tumanida vaqtincha 27—29-mart kunlari ichimlik suvi to‘xtatiladi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Samarqand shahrining Siyob va Bog‘ishamol hududlari, Sartepo, Sug‘diyona maskanlari, A.Temur ko‘chasi, mikrorayon “A” va “B” turarjoy mavzelari hamda qisman Samarqand tumanining shahar bilan chegaradosh hududlarini yoz mavsumiga tayyorlash maqsadida, 2019-yil 27-martdan 28-martga o‘tar kechasi soat 01:00 dan 2019-yil 29-mart kuni ertalab soat 06:00 ga qadar ichimlik suvi uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.
Izoh (0)