“Real” shu yilning yozida jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Garet Beylni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Klub rahbariyati hamda bosh murabbiy Zinedin Zidan mavsumning qolgan qismida Beyl qanday o‘yin ko‘rsatishidan qat’i nazar u bilan xayrlashishga qaror qildi.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Zidanga va’da qilganidek, jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida uelslikni kattaroq mablag‘ evaziga sotishni rejalashtirmoqda.
Ayni damda “Real” qarorini futbolchiga ham, uning vakillariga ham ma’lum qilganicha yo‘q.
Xabarlarga ko‘ra, Beyl faoliyatini “Manchester Yunayted” yoki “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl joriy mavsum La Ligada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)