26-mart, seshanba kuni FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi o‘rtoqlik bahsida Kolumbiyaga mag‘lub bo‘lgan (0:1) Yaponiya terma jamoasi Boliviya termasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 76-daqiqada Shoya Nakajima tomonidan kiritildi va kunchiqar yurt vakillari Boliviya ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0).
Son Hyon Min yetakchiligidagi Janubiy Koreya termasi Kolumbiya bilan bahs boyladi.
O‘yinning 16-daqiqasida Son Hyon Min raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 49-daqiqaga kelib Luis Diaz hisobni tenglashtirdi (1:1). 59-daqiqada esa Jae-Sung Li hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Natijada Janubiy koreyaliklar Kolumbiyani kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Shu kuni Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi safarda Marokash bilan o‘ynadi.
Bellashuvning 83-daqiqasida Anhel Korrea marokashliklar darvozasiga gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi Venesuelaga qarshi kechgan o‘yinda (1:3) jarohat olganligi sabab mazkur o‘yinda maydonga tushmadi.
23-mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Panama bilan durang o‘ynagan (1:1) Braziliya terma jamoasi safarda Chexiya termasi bilan kurash olib bordi.
O‘yinda mezbon jamoa a’zosi Devid Pavelkaning 37-daqiqada kiritgan goliga Janubiy Amerika vakillari Roberto Firmino (49), Gabriel Jezusning (83, 90-daqiqalar) gollari bilan javob qaytardi (3:1).
Shu tariqa Braziliya Chexiya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘roqlik uchrashuvlari
26-mart, seshanba
Yaponiya—Boliviya 1:0
Gol: 76 NakajimaJanubiy Koreya—Kolumbiya 2:1
Gollar: 1:0 — 16 Son Hyon Min, 1:1 — 49 Diaz, 2:1 — 59 Jae-Sung LiBAA—Suriya 0:0
Nigeriya—Misr 1:0
Gol: 1:0 — 1 OnuachuKot d’Ivuar—Liberiya 1:0
Gol: 1:0 — 90 KojiaMarokash—Argentina 0:1
Gol: 0:1 — 83 KorreaChexiya—Braziliya 1:3
Gollar: 1:0 — 37 Pavelka, 1:1 — 49 Firmino, 1:2 — 83 Jezus, 1:3 — 90 JezusGibraltar—Estoniya 0:1
Gol: 0:1 — 53 VasilyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)