Isroil harbiylari G‘azo shimolidagi 15 ta nishonga, shu jumladan Hamas islomiy harakatining harbiy kompleksiga hujum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Xabar qilinishicha, “Falastin islomiy jihod” tashkilotining obyektlariga ham hujum uyushtirilgan.
Isroil harbiylari hujumlarga Hamas mas’ul ekanini ta’kidladi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Avvalroq, Hamas Isroil bilan o‘zaro sulh e’lon qilgan edi. Keyinchalik Isroil harbiylari mamlakat bo‘ylab G‘azo sektoridan o‘nlab raketa otilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)