Texas shtatining Irving shahridagi North O‘Connor Road veterinariya markazida ikkita pitbulteryer itlari o‘z egasiga tashlanib, uni g‘ajib o‘ldirdi, deb yozadi Forum Daily.
Politsiyaga ko‘ra, 33 yoshli Joxana Vilyafane ikki it tashlanishidan jiddiy jarohatlanib, keyinroq kasalxonada vafot etgan.
Qutqaruvchilar Vilyanfanega yordam bermoqchi bo‘lgan paytda ham itlar o‘zini agressiv tutgan. Itlarning tajovuzi davom etganligi sababli politsiya ofitseri xizmat to‘pponchasi bilan ularni otib o‘ldirgan.
Jabrlangan ayol kasalxonaga yetkazilgan, biroq hayot uchun xavfli jarohatlar olganligi uchun kasalxonada vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, itlar avval ham egasini tishlagan. Shu sababli ular karantinga yuborilib, veterinar klinikada saqlangan. Ayol ularni ovqatlantirish uchun klinikaga kelgan, itlar esa unga tashlangan.
Izoh (0)