Yo‘lovchilarni Londondan Germaniyaning Dyusseldorf shahriga olib borishi kerak bo‘lgan British Airways aviakompaniyasining samolyoti adashib Shotlandiyaning Edinburg shahriga qo‘ndi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Parvozni British Airways bilan lizing shartnomasi asosida boshqargan Germaniyaning WDL kompaniyasi amalga oshirgan. Hodisaga London aeroportida uchuvchi va dispetcher xizmatiga noto‘g‘ri parvoz rejasining berilishi sabab bo‘lgan. Xatolik Shotlandiyaga qo‘ngandan keyin ma’lum bo‘lgan.
Samolyot ikki soat Edinburgda turib, so‘ng Dyusseldorfga uchib ketgan. Samolyot bortida qancha yo‘lovchilar bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)