2019-yilning 22-mart kuni soat 06:02 da Sirdaryo viloyati Guliston shahar Bog‘ishamol maxallasi Guliston ko‘chasida joylashgan ikki qavatli oilaviy yotoqxonaning 12-xonadonida yong‘in yuz bergan, deya xabar beradi Sirdaryo viloyati IIB YoXB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xonadanda yashovchi fuqaro O.Ibragimovaning yashash uy ichidagi taxminan 7—8 ta ko‘rpa-to‘shak, 1 ta divan, 1 ta gilam va 6 kvadrat metr pol qismi yongan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in zarari aniqlanmoqda. Uyning 25 metr kvadrat maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur uyda doimiy ravishda hech kim yashamasligi va oxirigi marotaba uy egasining qizi taxminan 10 kun oldin habar olib ketganligi aniqlangan. Yong‘inning sababi qasddan o‘t qo‘yish oqibatida sodir qilingan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Joriy yilning shu kuniga qadar viloyat hududida 77 ta yong‘in sodir bo‘lgan.
Izoh (0)