Navoiyda “Salomatlik poyezdi”da kelgan poytaxtlik shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Salomatlik poyezdi” “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining chekka tumanlari aholisiga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun keldi.
Guruh tarkibiga Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yirik klinik shifoxonalar, ilmiy-tekshirish institutlarining tajribali mutaxassislari, amaliyotchi olimlar jalb etilgan. Kardiolog, terapevt, pediatr, oftalmolog, akusher-ginekolog, urolog, travmatolog va nevropatolog kabi mutaxassislardan iborat guruh aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Tibbiy ko‘riklar 27-martgacha davom etadi.
Izoh (0)