Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam olishi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Aytish joizki, joriy yilda o‘tgan yilgiga o‘xshab Navro‘z bayramida 5 kun ketma-ket dam olish degan narsa yo‘q. Bu yil haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi. Quyida bayram arafasidagi dam olish kunlari haqidagi ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21-mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23-mart – shanba;
24-mart – yakshanba.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21-mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24-mart – yakshanba.
Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23-mart (shanba) kuni ishga chiqishi lozim.
Izoh (0)