Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga aprel o‘rtasida tashrif buyuradi. Bu haqda “Podrobno.uz” ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zosiga tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbarining Toshkentga tashrifi chog‘ida yirik biznes-forum tashkil etiladi, qator hujjatlar, shu jumladan, elektron hukumat sohasidagi hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
“Oliy darajadagi tadbirlar davomida sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish, energetika, logistika va infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhit va texnologiyalar sohasidagi hamkorliklar, millatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi”, — dedi u.
Izoh (0)