15-mart, juma kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Turinning “Yuventus” klubi 1/8 finalda “Real Madrid”ni mag‘lub etgan “Ayaks” jamoasi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” esa Kataloniyaning “Barselona” bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Ma’lumot uchun, chorak finalning dastlabki o‘yinlari 9—10-aprel, javob bellashuvlari esa 16—17-aprel kunlariga belgilangan. Yarim final bahslari esa 30-aprel — 1-may hamda 7—8-may kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilgi mavsum finali esa 1-iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi:
- “Ayaks”—“Yuventus”
- “Liverpul”—“Portu”
- “Tottenhem”—“Manchester Siti”
- “Manchester Yunayted”—“Barselona”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)