16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 26-turi doirasida navbatdagi 5 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Herta” mehmoni bo‘ldi.
Bellashuvning 4-daqiqasidayoq mezbon jamoa a’zosi Salomon Kalu hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Tomas Dileyni hisobni tenglashtirdi (1:1). 35-daqiqaga kelib esa Salomon Kalu “Borussiya” darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi va dublga erishdi (2:1). 47-daqiqada Den-Aksel Zagadu Jeydon Sancho uzatmasini golga aylantirdi (2:2). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Marko Roys g‘alaba golini urdi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Bundesliga
26-tur bahslari
16-mart, shanba
“Shalke-04”—“Leypsig” 0:1
Gol: 0:1 — 14 Verner“Shtutgart”—“Hoffenhaym” 1:1
Gollar: 0:1— 42 Kramarich, 1:1— 66 Suber“Augsburg”—“Hannover” 3:1
Gollar: 0:1 — 8 Veydandt, 1:1 — 65 Kordova, 2:1 — 78 Shmid, 3:1 — 86 Xan“Volfsburg”—“Fortuna D” 5:2
Gollar: 0:1 — 30 Ayxan, 1:1 — 34 Mehmedi, 2:1 — Vegxorst, 3:1 — 57 Knoxe, 4:1 — 59 Vegxorst, 4:2 — 65 Raman, 5:2 — 88 Vegxorst“Herta”—“Borussiya D” 2:3
Gollar: 1:0 — 4 Kalu, 1:1 — 14 Dileyni, 2:1 — 35 Kalu, 2:2 — 47 Zagadu, 2:3 — 90 RoysYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)