Hozirda kamida 50 ta mamlakat AQShga ziyon yetkazishi mumkin. Bu esa AQSh ma’muriyatini xavotirga solmoqda. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, XX asrning so‘ngida AQShning asosiy raqibi SSSR bo‘lgan. Bundan tashqari KXRda yadro quroli bor edi. Lekin Xitoy “sovuq urush”ga kirishni xohlamagani uchun AQShga raqib bo‘lmagan.
Endi esa Xitoy nafaqat qurol-yarog‘, balki iqtisodiy jihatdan ham AQShning asosiy raqibiga aylangan.
“Bugungi kunda bizga xavf solib turgan 50 ta mamlakat bor. Gap ularning yadroviy zarba berishida emas. Ular AQShga kiberhujum, iqtisodiy urush va axborot huruji orqali ziyon yetkazishi mumkin”, — deydi AQSh davlat departamenti vakili Skinner.
O‘tgan yilning oktabr oyida AQSh qo‘shinlarining yarmidan ko‘pi yaqin orada katta urush bo‘lishini aytgan edi.
Hozirda AQSh Rossiya va Xitoyni o‘ziga asosiy raqib deb bilmoqda. Rossiyada o‘tgan yilgiga nisbatan harbiy punktlar soni 18 taga ko‘paygan.
Izoh (0)