Twitter mikroblogining o‘ziga xosligi shundaki, ko‘plab siyosatchilar va umuman mashhur shaxslar unda juda faol va u orqali turli voqea-hodisalarga munosabat bildirib boradi. Siyosatchilarning, yulduzlarning, turli tashkilot va nashrlarning Twitter-sahifalari amalda rasmiy va ishonchli axborot manbaiga aylanib qolgan. Shundan kelib chiqib, “Daryo” tugayotgan haftada dunyoning ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotida bahslarga sabab bo‘lgan eng qiziqarli tvitlarini havola qiladi.
“U bizga yorug‘lik keltirdi”
Novosibirsk shahri Stalinning 3 metrli haykali va memorial peshlavhasi o‘rnatilishini ma’qulladi. Bu oddiy holat, sababi — haykal Kommunistik partiya shtabiga yaqin hududda joylashgan, shaharsozlik va jamoat tarnsporti harakatiga ham to‘siq bo‘lmaydi.Tom Parfit, The Times muxbiri
Turkiya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lishi mavhum
Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Ittifoqqa kirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatish borasidagi ma’ruzasini rasman ma’qulladi. Unga ko‘ra, 370 parlament a’zosi muzokaralarni to‘xtatish borasida “qo‘shilaman”, 109 nafari “qarshiman” va 143 nafari “betarafman” deb ovoz bergan. Ma’ruzada Turkiya inson huqulari, qonun ustuvorligi, matbuot erkinligi va korrupsiyaga qarshi kurash masalalarida tanqid qilingan.Elnur Ismoil, Bilimdonlar strategik tadqiqotlar markazi (Bilgesam) koordinatori (Turkiya), Stratejist jurnali bosh muharriri
Tabiatga e’tiborli bo‘laylik
Olimlarning ta’kidlashicha, dunyodagi hasharotlarning 40 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida. Bu, o‘z navbatida, ekotizim, changlatish, oziq-ovqat xavfsizligi uchun fojiaviy tusga ega. Tabiat haqida qayg‘urishimiz kerak!Erik Solxeym, norvegiyalik siyosatchi
“Urush holatida bo‘lgan Ukraina uchun qiziqchining prezident bo‘lishidan-da kulgiliroq holat yo‘q, @MarcChampion1 & @DarynaKrasno”, — Skott Rouz, @business sahifasi.
“Yevropadagi benzin narxlari”, — Milosh Popovich, xalqaro xavfsizlik bo‘yicha murabbiy.
“Ura!!! Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab velosiped yo‘lkalari belgisi o‘rnatildi”, — deb yozdi Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrap.
@davletovuz Yevropa Ittifoqida qancha bolalarning nikohsiz tug‘ilishi borasida qiziqarli ma’lumot qoldirdi.
Oila – ahillik belgisi. Agar oila a’zolaringizning barchasi bir jamoani qo‘llab-quvvatlasa, sevimli mashg‘uloti bir bo‘lsa, mana asl baxt. Jips oila namunasi.
Aql bovar qilmaydi! NATOning Yevropadagi harbiy kuchlari bosh qo‘mondoni Skaparottining aytishicha, Turkiya C-400 sotib olmasligi kerak, agarda turklar yaxshi ittifoqchi bo‘lishni istasa. Axir sizlarning haqiqiy ittifoqchilaring “Demokratik Ittifoq” partiyasi emasmi? Sizlar ham “Demokratik Ittifoq” , ham Turkiyaning ittifoqchilari bo‘lib qolayotganingizda, nega Turkiya AQSh bilan ittifoqchi bo‘lgan holda Rossiya bilan do‘stlasha olmasligi kerak?Hasan Unal, Maltepa universiteti siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedrasi professori, Turkiya
Jahongir Ergashev tayyorladi.
Izoh (0)