AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida sobiq FQB agenti Piter Strzokning ko‘rsatmalari rasshifrovkasini keltirdi. Unda Barak Obamaning prezidentlik davrida Amerika maxsus xizmatlari Tramp faoliyatini kuzatgani haqida aytiladi, deb “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tramp bu ma’lumot Rossiyaning 2016-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi haqidagi ishni tekshiradigan maxsus prokuror Robert Myullerning yakuniy hisobotiga kiritilishiga umid bildirdi.
“Bu Obama davridagi FQB, Adliya vazirligi va Markaziy razvedka boshqarmasidan iborat jamoa 2015-yilgacha prezident Trampni kuzatib borish (va olib tashlash) uchun birgalikda harakat qilganiga yangi dalildir”, — deydi Tramp Strzokka tayanib.
Izoh (0)