Mars yuzasiga qadam qo‘yadigan ilk astronavt ayol kishi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
NASA direktori Jeyms Braydenstaynning so‘zlariga ko‘ra, ayollar koinotdagi tadqiqotlarda muhim rol o‘ynaydi.
Ekspeditsiya 2030-yillarning o‘rtalariga mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, 2028-yilda Oyga chiqadigan navbatdagi astronavt ham ayol kishi bo‘ladi.
Izoh (0)