Yaponiyalik Kane Tanaka sayyoradagi eng keksa odam sifatida rasman tan olindi. U 116 yosh-u 66 kunlik. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
U Fukuoka shahridagi qariyalar uyida yashaydi. 9-mart kuni u yerda Kanega ushbu unvon berilgani munosabati bilan rasmiy marosim bo‘lib o‘tgan. Kane bu uning hayotidagi eng baxtli lahzalar ekanini aytgan.
Tanaka 1903-yil 2-yanvarda tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan. Urushdan oldin eri bilan birga do‘kon ochgan. U butun umri davomida o‘sha do‘konda guruchdan yopilgan non sotgan. 1970-yil nafaqaga chiqqach, Tanaka bir necha marta AQShga sayohat qilgan.
2005-yildan beri u Fukuokedagi qariyalar uyida yashaydi. Tanaka har kuni barvaqt turadi, stol o‘yinlarini o‘ynashni yaxshi ko‘radi. O‘zini shirinlik bilan mehmon qiladi. 103 yoshida u saraton o‘simtasi sabab operatsiyani boshdan kechirgan. Shundan keyin qayta uni hech bir kasallik bezovta qilmagan.
Izoh (0)