10-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 30-turi doirasida so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy uchrashuvi “Emireyts”da bo‘lib o‘tdi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” jamoasi bilan bahs olib bordi.
Bellashuvning 12-daqiqasida Aleksandr Lyakazett uzatgan to‘pni Granit Jaka “Yunayted” darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib hakam tomonidan David de Xea darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va undan Pyer-Emerik Obameyang unumli foydalandi (2:0).
Shu tariqa “to‘pchilar” o‘z maydonida “qizil iblislar”ni mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (2:0).
29-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
30-tur bahslari
10-mart, yakshanba
“Arsenal”—“Manchester Yunayted” 2:0
Gollar: 1:0 — 12 Jaka, 2:0 — 69, penalti, Obameyang“Arsenal”: Leno, Monreal, Kosyelni, Papastatopulos, Kolashinats, Remzi, Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Ivobi, 77), Obameyang (Suares, 80), Lyakazett (Nketiya, 86)
“Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Smolling, Yang, Diogu Dalot (Marsial, 70), Fred, Matich (Grinvud, 81), Pogba, Lindelyof, Reshford, Lukaku
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (38), Matich (68), Pogba (76), Kolashinats (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)