8-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 25-tur bahslari boshlandi.
Turning dastlabki o‘yini “Verder” hamda “Shalke-04” jamoalari qarshiligi ostida kechib, unda Bremen klubi 4:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
9-mart, shanba kuni Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Lyusyen qo‘l ostidagi “Borussiya Dortmund” jamoasi “Signal Iduna Park” stadonida “Shtutgart” bilan o‘ynaydi. Ikkala uchrashuv ham soat 19:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 24-turida dortmundliklar safarda “Augsburg”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Natijada “Bavariya” klubi Dortmund klubiga ocholar bo‘yicha yetib oldi. Hozirda ikkala jamoada ham 54 ochkodan mavjud.
24-turdan keyin musobaqa jadvalidagi holat
Bundesliga
25-tur bahslari
8-mart, juma
“Verder”—“Shalke-04” 4:2
Gollar: 0:1 – 26 Embolo, 1:1 – 31 Rashitsa, 2:1 – 51, penalti Kruze, 3:1 – 73 Rashitsa, 3:2 – 85 Embolo, 4:2 – 90 Harnik.9-mart, shanba
“Bavariya”—“Volfsburg” 19:30
“Borussiya Dortmund”—“Shtutgart” 19:30
“Leypsig”—“Augsburg” 19:30
“Frayburg”—“Herta” 19:30
“Mayns”—“Borussiya Myunxengladbax” 22:30
10-mart, yakshanba“Hoffenhaym”—“Nyurnberg” 19:30
“Hannover”—“Bayer Leverkuzen” 22:00
“Fortuna D”—“Ayntraxt F” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)