“Valensiya” hujumchisi Moreno Rodrigo Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi, deb xabar berdi UEFA o‘zning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
28 yoshli ispaniyalik futbolchi musobaqa 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Krasnodar” darvozasiga 2 ta gol urgandi (2:1).
Tashkilot tomonidan quyidagi 3 nafar futbolchi ham hafta o‘yinchisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatilgandi:
- Kevin Trapp — “Ayntraxt”
- Pedro — “Chelsi”
- Ismoil Sarr — “Renn”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)